12 NOYABR, 20:05 / KO'RILDI: 111
Kreml GPS tizimidagi nosozliklarga Rossiyaning aloqadorligi haqida ma'lumotga ega emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
U barcha kerakli ma'lumotlar ekspertlar yoki Rossiya mudofaa vazirligida bo'lishini qayd etdi.
«Hamma narsada Rossiyani ayblash tendentsiyasi borligini bilasizlar. Odatda, bunday ayblovlar asosga ega bo'lmaydi», — deb qo'shib qo'ydi Peskov.
Avvalroq finlyandiyalik harbiylar NATOning Trident Juncture mashg'ulotlari vaqtida mamlakatning qutborti hududida GPS tizimi faoliyatida nosozliklar yuz berganini qayd etishgandi. Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipilya mazkur navigatsiya tizimi nosozliklari ortida Rossiya turgan bo'lishi mumkinligini bildirgandi.
Manba: kun.uz