Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 01:45
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Titan Gel - zakaz berish + info
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Chocolate Slim - zakaz berish +info
Toshkent yana bir tarixiy binosidan mahrum bo‘lishi mumkin
 Bo'lim: Yurtimizda
 Sana: 09.07.2017 / 18:24

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanini 2017—2019-yillarda rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qabul qilingan dasturga muvofiq tumanda ko‘p sonli qurilish maydonlari vujudga keldi. Yangisini buzmay turib, eskisini buzma hikmati go‘yoki yaqin o‘tmishda qolib, uning o‘rnini boshqa: yangi qurish uchun, eskisini buzish kerak degan hikmat egallaganday, deyiladi “Nuz.uz” materialida.
.. Yuklab olish

Yuz yillar davomida turgan, zilzilalarga bardosh bergan va tegishlicha ta’mirlansa, yana bir necha asr xizmat qilishi mumkin bo‘lsa-da, binolar buzishga hukm qilinmoqda.
Shaharsozlik nuqtai nazaridan qimmatli hisoblangan obyektlar ham buzish rejasiga kiritilganligiga Mirzo Ulug‘bek tumani F. Xo‘jayev ko‘chasiga borgandan so‘ng amin bo‘ldik. U yerda respublikadagi eng qadimiy ilmiy muassasalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti joylashgan. Institut 2016-yilning yozida “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnik markaziga aylantirilgan edi. Bizni bu yerga qadimiy binoning buzilishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar olib keldi.
.. Yuklab olish

Eski binoning qarama-qarshisidagi yap-yangi yoki evrouslubda qayta ta’mirlangan binoda Buzish bo‘yicha shtab joylashganligi guvohi bo‘ldik.
.. Yuklab olish

Toshkent jamoatchiligi o‘tgan yuz yillik arxitektura san’atining o‘ziga xos tarixga ega bo‘lgan va haqiqiy madaniy qiymatni ifodalovchi noyob namunasi buzish rejasiga tushishi mumkinligidan xavotirda.
.. Yuklab olish

Bir asrdan ko‘proq vaqt avval Toshkentning Yevropa qismi markazida ikkita: Aleksandrov va Kaufman yetimxonalari joylashgan. Kaufman yetimxonasi Nikolskiy qishlog‘iga tutash yer uchastkasiga ega bo‘lgan. 1912-yilning yozida ushbu yer uchastkasida yetimxonaning yangi binosi qurilishini rejalashtirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. 1913-yilning 22-sentabrida qurilishi boshlangan Toshkent Kaufman bolalar yetimxonasi 1916-yilning 13-dekabrida ishga tushdi.
.. Yuklab olish

1917-yilning oktabridagi tarixiy hodisalardan so‘ng Kaufman yetimxonasi yopildi, biroq 1918-yildayoq unda yetim bolalar uchun tajriba-mehnat kommuna maktabi tashkil etildi. Maktabda rus, o‘zbek, qozoq, turkman, ukrain, arman va boshqa millat bolalari tarbiyalangan. Kommunani bitiruvchilari orasida buyuk olimlar, shifokorlar va rassomlar bor.
Yon kirish binolaridan birida o‘tgan yuz yillikning 20—30-yillaridan buyon saqlanib kelgan freskalarni hozir ham ko‘rish mumkin. Bino atrofida asrlardan buyon saqlanib kelayotgan chinorlar. Bir so‘z bilan aytganda, bino Toshkentning diqqatga sazovor joylaridan biri va uni buzish-buzmaslik masalasini muhokama qila turib, ushbu qadimiy binoni avlodlar uchun saqlab qolish haqida so‘z yuritish mumkin xolos.
.. Yuklab olish

1940-yilda akademik muassasalar yaqinida Fanlar akademiyasi tashkil etildi. Keyinchalik Energetika va avtomatika institutiga aylantirilgan Energetika instituti ilmiy muammolar bo‘yicha ishlanmalar va energetika sohasidagi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanar edi.
.. Yuklab olish

2016-yilda institut 75 yilligida u yana qayta shakllantirildi va u o‘z binosini tark etishi ma’lum bo‘ldi. Institutning qayta tashkil etilishi va ko‘chishi u 75 yil davomida egallab turgan noyob binoning buzilishini ko‘zda tutmasligiga ishongimiz keladi.
.. Yuklab olish

Poytaxt nashrlari jurnalistlari 10-iyul kuni hokimiyat rahbariyatiga uchrashib, ularga tuman rekonstruksiyasi rejalari ko‘rsatilishi va buzish rejasiga tushgan obyektlar haqida ma’lumot olishi mumkin deb o‘ylaymiz. Toshkentning arxitekturaviy diqqatga sazovor binosi ekspertlar taklif qilinib, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
.. Yuklab olish

.. Yuklab olish
@chiroylicom Yangiliklarni telegramdagi kanalimizdan o'qish uchun Bu Yerni bosing @ChiroyliCom
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: