12 NOYABR, 19:20 / KO'RILDI: 141
Rossiya va Belarus 2019 yilda Minskka Rossiya davlat kreditini ajratish to'g'risida kelishib oldi. Bu haqda Belarus moliya vaziri Maksim Ermolovichga tayanib BELTA agentligi xabar berdi.
Avvalroq Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Moskva Belarusga qarzini qayta moliyalash uchun 630 million dollarga yaqin kredit ajratish masalasini ko'rib chiqayotganligini bildirgandi.
2017 yil oktyabr holatiga Belarusning Rossiyadan qarzi 6,5 milliard dollarni tashkil etgan. 2017 yil avgustda Rossiya hukumati Belarusga 700 million dollar miqdorida o'n yillik kredit ajratishni ma'qullagandi.
Manba: kun. uz