Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:56
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Arzon narxda uy olib beraman degan firibgar ayol qo'lga olindi
MUHARRIR: WapUsta

16 APREL, 09:50 / KO'RILDI: 4

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 14 aprel kuni tushgan xabarga ko'ra, 2018 yil 2 iyun kuni Yunusobod tumanida yashovchi 65 yoshli S.Z. ismli ayol Uchtepa tumanida yashovchi 60 yoshli U.B. ismli ayolga arzon narxda 3-xonali uy olib berishini va'da qilib, undan 3 600 AQSh dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o'z ehtiyojlari yo'lida ishlatib yuborgan.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko'ra, ko'rilgan choralar natijasida S.Z. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!