Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:55
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Ayol yolg'iz holda taksiga chiqishi mumkinmi?
MUHARRIR: WapUsta

15 APREL, 08:50 / KO'RILDI: 41

Savol:

Assalomu alaykum, ayol yolg'iz holda taksiga chiqishi mumkinmi? Ayol kishi mahramsiz uchoqda safar qilishi joizmi?

Javob:

Fiqhiy matnlar va qoidalarga ko'ra, ayol begona kishi haydayotgan mashinaga o'tirishi joiz emas. Lekin bugungi kundagi holat shahar ichida qatnaydigan taksilarga nisbatan o'zgargan. Jamoat transporti sifatida taksidan foydalanish zarurat darajasida bo'lgani uchun undan foydalanishga monelik yo'q. Ammo shaharlararo taksilarda boshqa yo'lovchilar bo'lmasa, ularga o'tirish joiz emas.

Ayol kishining mahramsiz uchoqda uchishiga zarurat bo'lsa va borar manzilida mahrami kutib olsa, uning yolg'iz boshqa joyga uchishining zarari yo'q. Chunki uchoq mashinaga qiyos qilinmaydi. Poezdning hukmi ham shunday. Chunki bu ikki transport vositasi kishini xotirjam qiladigan nazoratchilar kuzatuvida harakatlanadi. Faqat ulardan foydalanayotgan ayollar shar'iy hududlarni rioya etishlari talab qilinadi.

Alloh yanada bilguvchiroq.

Mubashshir AHMAD

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!