Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 23:28
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Jinsiy olatni kattalashtirivchi №1 maxsulot
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
» Ajoyib yangiliklar telegram kanalida
Machu-Pikchu - Inklarning sinoatli shahri (foto)
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

Machu-Pikchu — Perudagi 2438 metr balandlikda joylashgan, qadimiy inklarning yo'qolgan shahri hisoblanadi. Taxminan 1440 yilda inklar tomonidan asos solingan va 1532 yilda to'satdan huvillab bo'shab qolgan shahar ancha vaqt kishilarning e`tiboridan chetda bo'lgan. Tog' shamollarining yemirishi va o't-o'lanlar qoplab olishi tufayli asta-sekin yo'qlik tomon yuz tutgan shaharga 1911 yilda amerikalik tarixchi olim Hayram Binghem duch keladi.
2007 yil 7 iyulda Machu-Pikchu jahonning yangi yetti mo'`jizasidan biri sifatida tan olinadi. 13 iyul kuni Peru prezidenti Alan Garsia bu kunni bayram sifatida nishonlash haqidagi farmonini imzolaydi.
Bugun Machu-Pikchu jahonning eng mashhur sayyohlik yo'nalishlaridan biri hisoblanadi: bu yerga Kusko shahridan poyezdda kelish mumkin, yo'lga uch soatcha vaqt sarflanadi. Biroq toqqa piyoda chiqishni istaydiganlar ham bor, Inklar so'qmog'i bo'ylab chiqish uchun bir necha sutka vaqt ketadi.
Cho'qqiga yetib borgan sayohatchilarni ibodatxonalar, uylar, omborlar, hattoki rasadxona qarshi oladi. Shuningdek, murg'ak lamalar, alpaklar bilan uchrashib, o'z chiroyi bilan inson qo'li bilan yaratilgan har qanday narsadan ustun turuvchi And tog'larining takrorlanmas manzaralariga guvoh bo'lish mumkin. Gazeta.Ru Masu-Pikchuning betakror manzaralari aks etgan fotogalereya e`lon qildi.
.. Yuklab olish

Mahalliy lama va alpaklar suratga tushishni juda yoqtirishadi.
.. Yuklab olish

Machu-Pikchuga yo'l olish uchun eng maqbul yo'l Aguas-Kalentes shaharchasigacha boradigan poyezdga minishdir.
.. Yuklab olish

Turistlar uchun eng maqbul davr iyun oyidan avgustgacha hisoblanadi. Apreldan oktabrgacha quruq mavsum hisoblanadi (Inklar so'qmog'i fevral oyida yopiladi).
.. Yuklab olish

Fotosuratchilar uchun Machu-Pikchudagi eng qulay ob-havo iyul oyida kuzatiladi.
.. Yuklab olish

Hidu tilidan tarjima qilinsa Machu-Pikchu «qo'hna cho'qqi» ma`nosini beradi.
.. Yuklab olish

Noyabrdan martgacha hududda kuchli yomg'irlar yog'adi.
.. Yuklab olish

O'zining mo'`jaz o'lchamlari bilan Machu-Pikchu yirik shahar roliga da`vogarlik qilmaydi — unda 180 ga yaqin inshoot bor. Ular: yaxshilab ishlangan toshdan terib bunyod etilgan qarorgohlar, ibodatxonalar, omborlar va turar joylardir.
.. Yuklab olish

Shahardagi barcha qurilish ob`yektlari an`anaviy ink texnikasidan foydalanib barpo etilgan: silliqlangan turli o'lchamdagi toshlar bir biriga jips yopishtirilgan va ularning orasiga biror aralashma qo'shilmagan.
.. Yuklab olish

Machu-Pikchu 1911 yilda, bu yerga amerikalik tadqiqotchi Hayram Binghem kelgach va bu go'shani «Peruning unikal yodgorligi» deb ataganidan so'ng, keng omma uchun mashhur bo'lib ketgan.
.. Yuklab olish

1983 yilda Machu-Pikchu YuNeSKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritildi va ommaviy sayyohlik markazlaridan biriga aylandi.
. Aman (WapUsta)
09.07.2017 / 15:43
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: