Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
Surxondaryodagi gaz konida burg'ulash ishlari boshlandi
MUHARRIR: WapUsta

10 APREL, 06:00 / KO'RILDI: 78

Surhan gas chemical operating company (SGCOC) kompaniyasi Surxondaryo viloyatida mahsulotni bo'lib olish to'g'risidagi kelishuv doirasida razvedka quduqlarida burg'ulashni boshladi. Bu haqda O'zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

2017 yil aprelida O'zbekiston hukumati investorlar Gas Project Development Central Asia (GPD, Gazprom International sho''ba tuzilmasi), Altmax Holding va O'zneftgazqazish DAU bilan Surxondaryo viloyatida gazni qayta ishlash majmuasini qurishni o'z ichiga olgan O'zbekiston mustaqilligi investitsion blokidagi Mustaqillikning 25 yilligi konini o'zlashtirish bo'yicha konsortsium imzolagan edi.

Mustaqillikning 25 yilligi konida Barvaqt gaz dasturini amalga oshirish boshlandi. Mazkur dasturning birinchi bosqichi razvedka quduqlarini burg'ulashni ko'zda tutadi , deyiladi xabarda. Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, SGCOC Eriell xalqaro servis guruhi bilan konda 15 ta razvedka va baholash-ekspluatatsiya quduqlarini qurish bo'yicha shartnoma imzoladi.

Operator martda 160 km km maydonda 3D dala seysmorazvedka ishlarini yakuniga etkazdi. China National Petroleum Corporation bo'linmasi hisoblangan BGP pudratchi sifatida faoliyat ko'rsatadi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 2018 2022 yillar davomida quduqlarni burg'ulash, konlarni jihozlash, investitsion blokda geologik razvedka ishlarini o'tkazish, 5 mlrd kub metr quvvatga ega gazni qayta ishlash zavodi va infratuzilmalarini qurish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqich qiymati 2 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etadi.

Ikkinchi bosqichda 2023 2025 yillarda -mahsulot gazini chuqur qayta ishlash yo'li bilan yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun gaz-kimyo majmuasini qurish rejalashtirilgan. Mustaqillikning 25 yilligi gaz konini ishga tushirish hamda gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi bo'yicha loyiha qiymati 5,8 mlrd dollarni tashkil etadi. Loyiha 35 yilga mo'ljallangan.

Manba: gazeta.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!