Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
Ukrainada Poroshenkoning Putinga qarama-qarshi turgan reklama bilbordlari paydo bo'ldi
MUHARRIR: WapUsta

10 APREL, 05:15 / KO'RILDI: 93

Ukrainada prezident Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarama-qarshi tasvirlangan bilbordlar paydo bo'ldi. Siyosiy reklama Poroshenko shoumen Vladimir Zelenskiy bilan kurash olib boradigan prezident saylovlarining 2-bosqichi arafasida joylashtirilgan.

Bilbordda 21 aprel. Hal qiluvchi tanlov! deb yozilgan.

Poroshenkoning shtabida bilborddagi tashviqot Zelenskiyni Putinni qo'llab-quvvatlovchi nomzod ko'rinishida aks ettirishi rad etilgan. Reklamaning syujeti Poroshenko jamoasida Zelenskiyni go'yoki Putin agenti deb hisoblashayotganini anglatmaydi , deb ta'kidlab o'tgan Poroshenkoning safdoshlari.

Poroshenko shtabining ta'kidlashicha, Putin go'yoki Kremlga Ukrainani nazorat ostiga olishga ijozat beradigan zaif, tayyorlanmagan prezident haqida orzu qiladi , shu sababli joriy chaqiriqlar sharoitida mamlakatga kuchli prezident va oliy bosh qo'mondon talab etiladi.

Saylovlarning 1-bosqichida Zelenskiy 30 foiz bilan etakchilik qilgandi. U Poroshenkodan deyarli 2 marta ko'proq ovoz to'plashga muvaffaq bo'lgan. 2-bosqich 21 aprelga belgilangan.

Manba: kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!