Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
OChL. «Lokomotiv» so'nggi daqiqalarda mag'lub bo'ldi
MUHARRIR: WapUsta

10 APREL, 00:50 / KO'RILDI: 64

Osiyo chempionlar ligasining "V" guruhidan o'rin olgan "Lokomotiv" Saudiya Arabistonida "Al-Ittihod"ga qarshi yomon o'yin o'tkazmadi. Temiryo'lchilar safardan ijobiy natija bilan qaytishi mumkin edi. Birinchi bo'limda Fyodorov shogirdlari to'la ustunlikka erishib, bir qator vaziyatlar yaratdi. Ammo futbolchilarimiz ulardan samarali foydalana olishmadi. Ikkinchi bo'limda vakillarimiz hujum bilan boshlashdiyu, ammo qarshi hujumda jazolanishdi. Zoteev jarima maydoncha ichida raqib hujumchisini qo'pollik bilan to'xtatdi. Shamroniy 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi. Oradan 2 daqiqa o'tib, "Loko" burchak to'pini o'yinga kiritdi, biroq golni "Ittihod" urib ketdi. Maydon markazida to'pni qabul qilgan To'xtaxo'jaev raqib futbolchisini aldashga urib, to'pni oldirib qo'ydi. Muvallad yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, Ilyosovni dog'da qoldirdi. 2:0 — "Lokomotiv" nokdaunga tushib qoldi.Fyodorov vaziyatni o'nglash uchun ba'zi o'zgarishlarga qo'l urdi. Natijada mehmonlar asta-sekin o'zlariga kela boshladi. O'yinning 70-daqiqasida Arslonmurot Amonov chap qanotdan etkazib bergan uzatmani Jamshid Iskandarov 11 metrli nuqta ustidan chiroyli zarba bilan golga aylantirdi. O'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida esa yana o'sha Amonovning uzatmasidan keyin Rayevats bosh bilan olis yuqori burchakni ishg'ol qildi. O'yin jangovar durang bilan yakunlanadigandek edi. Ammo qo'shib berilgan daqiqalarda Yovan Jokich maydon markazida oddiy vaziyatda to'pni raqib futbolchilariga tortiq qildi. Ular tezkor hujumga o'tib, yana penalti ishlashdi. Fahad al-Muvallad kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol etdi va jamoasiga g'alabani taqdim etdi. Ushbu alamli mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" 3-o'ringa tushib qoldi. "Al-Ittihod" va "Al-Vahda" klublari 6 ochko bilan "B" guruhida peshqadamlik qilishmoqda.OChL, "V" guruhi, 3-tur"AL-ITTIHOD" - "LOKOMOTIV" 2:3 (0:0)Gollar: Nosir ash-Shamroniy (48), Fahad al-Muvallad (50, 90+4-penalti) — Jamshid Iskandarov (70), Filip Rayevats (82)"Al-Ittihod": Assaf al-Qarniy, Abdulloh al-Amar, Yosin Barnaviy, Ziyod as-Sahafiy, Metyu Yurman, Abdulrahmon al-G'amdiy, Seku Sanogo, Xolid as-Samiriy, Nossir ash-Shamroniy (Romarino 90+1), Abdulaziz al-Bishiy (Karlos Vilyanueva 77), Essam al-Muvallad"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 28.Shuhrat Muhammadiev (Davron Hoshimov 52), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 88.Igor Yelich, 33.Oleg Zoteev, 23.Yovan Jokich, 71.Arslanmurot Amonov, 77.Diyor Turopov (Jamshid Iskandarov 69), 17.Husniddin G'ofurov, 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov

Manba: stadion.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!