Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
Shota Arveladze: "Biz yuqori saviyada o'ynay olishimizni ko'rsatdik"
MUHARRIR: WapUsta

10 APREL, 00:25 / KO'RILDI: 92

"Paxtakor" bosh murabbiyi "As-Sadd" bilan bahsdan keyingi matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.- Ajoyib futbol oqshomi bo'ldi, minglab muxlislar, ajoyib ob-havo. Biz futbolni yaxshi ko'radigan jamoaga qarshi o'ynadik. Shunday jamoaga qarshi o'ynash doim ajoyib. O'ylashimcha, biz ham saviyamizni namoyish etdik. Yuqori saviyada o'ynay olishimizga ishonish kerak.Bugun biz xarakter ko'rsatdik. Ikki marta hisobda ortda qolib hisobni tenglashtira oldik. Yigitlar tezkor o'yin namoyish etishdi. Umuman olganda, yaxshi o'yin bo'ldi.Ha, raqib safida jahon yulduzlari o'ynashdi. Ammo ular bilan tengma-teng o'ynashimizga o'zimiz ishonishimiz kerak. G'alaba qozonishni o'rganish lozim. O'zbek xalqi ochiq va hujumkor o'yinni yaxshi ko'radi. Bu bizning uslubimiz va ko'plab hujum qilib g'alaba qozonishimiz kerak.Albatta, tezkor gol o'tkazganimiz doim ta'sir qiladi. Xavi haqiqiy, futbol afsonasi. Unga yarim metr bo'sh joy qoldirsangiz etarli ekanini ko'rdik.O'tkazib yuborilgan gollarda Quvvatovni ayblamagan bo'lardim. Xavi Kasilyas va boshqa kuchli darvozabonlarga ham gol urgan. Bu erda mahorat o'z so'zini aytdi.

Manba: stadion.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!