Xayirli tong, Guest!
Soat: 06:59
LoginA'zo bo'lish
Qoraqalpog'istonda «BOJALAR-TOUR» sayyohlik korxonasi davlat ro'yxatidan o'tkazildi

 2 APREL, 22:45 89

.

Qoraqalpog'istonda yana bir sayyohlik korxonasi davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, so'nggi yillarda mamlakatimizga dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasida sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida, 40 ga yaqin turistik xizmat ko'rsatish sohasidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Bugun Nukus shahri Davlat xizmatlari markazida taniqli xonanda Jahongir Poziljonov «BOJALAR-TOUR» nomli turistik korxonasi davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

«Yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga sifatli xizmat ko'rsatish hamda milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ'ib qilishni maqsad qilganmiz»,- deydi Jahongir Poziljonov.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™