Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:50
LoginA'zo bo'lish
Kaliti bilan qoldirilgan "Spark" o'g'irlangan

 2 APREL, 22:30 86

.

1 aprel kuni fuqaro A.O. spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda Serquyosh ko'chasida mahalladoshi K.A.ning yashash xonadoni oldida eshiklari qulflanmagan holatda kaliti bilan qoldirilgan, “Spark” rusumli  avtomashinasini osonlik bilan egallab, olib qochib, hodisa joyidan yashiringan.

Viloyat IIB "102" qisqa raqamiga kelib tushgan xabar asosida olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida “Spark” avtomashinasi va uni olib qochgan shaxs Farg'ona shahrining Beshbola MFY hududida to'xtatib qolindi.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Shu o'rinda fuqarolarimizdan o'z avtomashinalarini qarovsiz qoldirmasliklarini so'rab qolamiz. Aks holda yuqoridagi kabi noxush holatlar sodir bo'lishi mumkin. Jinoyat kodeksining 267-moddasida transport vositasini olib qochgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi ko'rsatib o'tilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™