Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:37
LoginA'zo bo'lish
Samarqand shahrida 5 ta tuman tashkil etiladi

 2 APREL, 22:15 109

.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 2021 yil oxiriga qadar Samarqand shahri aholisi bir milliondan ortiq shaharga aylanishini ma'lum qildi.

Viloyat hokimi shu yil 31 mart kuni bo'lib o'tgan «Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi»da aslida hozirda Samarqandda 1 million aholi yashashini, shaharga yaqin joylashgan bir necha tumanlar qo'shilib ketganligini, Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman tashkil qilinishini aytgan.

Shuningdek Turdimov Qozog'istonning jami aholi soni O'zbekistonga qaraganda ikki baravar kam bo'lsada, Olmaota, Ostona va Chimkent shaharlari aholisi milliondan oshishini, O'zbekistonda esa faqat Toshkentgina millionli aholiga ega ekanligini aytgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™