Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:06
LoginA'zo bo'lish
Namanganda jinoyat: uch farzand etim qoldi

 31 MART, 09:00 168

.

Oila — jamiyatning muhim bo'g'ini. U qanchalik tinch va totuv bo'lsa, jamiyat hayotida barqarorlik mustahkam bo'ladi. Aks holda esa, oila qo'rg'oni parokanda bo'lib, ko'plab moddiy-ma'naviy muammolar yuzaga keladi.

 


Namanganda jinoyat: uch farzand etim qoldihttps://sud.uz/wp-content/uplo ... 6.jpg 300w, https://sud.uz/wp-content/uplo ... 5.jpg 768w, https://sud.uz/wp-content/uplo ... 3.jpg 800w, https://sud.uz/wp-content/uplo ... 2.jpg 1200w" style="height:416px; width:750px" title="Namanganda jinoyat: uch farzand etim qoldi">

 

 

To'raqo'rg'onlik Dilmurod Sattorov (ism-shariflar o'z­gartirilgan) Dilorom Saydieva bilan turmush qurib, uch far­zand­li bo'lishgan. Avvaliga ularning oilasi havas qilgudek edi. Ammo 2008 yilda ularning oilasiga darz ketdi — er-xotin ajrashishdi. Dilorom ota uyiga ko'chib ketdi. Dilmurod esa, bosh­qa ayolga uylandi. Shundan so'ng bola ta'minoti, keyinchalik uy-joy nizosi boshlandi.

Dilorom Saydieva Dilmurod Sattorov bilan turmushi davrida birgalikda uy-joy qurishgani sababli umumiy mulkdan o'zining ulushini ajratib olish bo'yicha sudga murojaat qiladi. 2018 yilda sud qarori asosida o'z ulushiga ega bo'ladi. Sud qaroridan so'ng ikki yil davomida ular kelishib olishga harakat qi­lishgan, ammo…

O'tgan yili 8 iyun kuni Dilmurodning uyiga amakisining xotini mahalladoshi bilan kirib kelib, sobiq xotini Dilorom Saydievadan hovlining 6 sotix er maydonini sotib olganini aytib, bu joyni bo'shatishni talab qiladi. Ammo Dilmurod bu holatga e'tibor bermasdan ishlash uchun dalaga ketadi.

Biroq tushlik uchun qaytib kelganida uydagi anjomlarning har tarafga sochib tashlanganini ko'rib, g'azab otiga minadi. Shu paytda sobiq xotini D. Saydieva kelib qoladi va ular o'zaro tortishib ketadi. Janjal avjiga chiqqanida Dilmurod Diloromning ko'krak va qorin bo'shlig'iga bir necha marotaba pichoq sanchadi. Og'ir jarohat tufayli Dilorom hayotdan ko'z yumadi.

Sud majlisida D. Sattorov o'sha kuni kuchli ruhiy hayajonda bo'lgani, sobiq turmush o'r­tog'ini o'ldirish niyati bo'lmaganini qayta-qayta ta'kidlasa-da, ammo uning bu vajlari o'z isbotini topmadi. Chunki u bu ishni qasddan qilinganini guvohlar ham tasdiqlashdi. Qolaversa, sudga oid ekspertiza xulosasida ji­noyat­ni sodir etish paytida D. Sattorovda hech qanday ruhiy buzilish holati aniqlanmagani, aksincha, o'z harakatlarining aha­miya­tini anglash va ularni bosh­qa­rish qo­biliyatiga ega bo'lgani bayon qilingan. Shu kabi holatlarni sinchiklab o'rganib chiqqan sud D. Sattorovga 17 yil ozodlikdan mahrum qi­lish jazosi tayinladi.

Shu tariqa oilaning parokanda bo'lishi fojiali yakun topdi va uch farzand etim bo'­lib qoldi. Ular uzoq vaqt ota mehridan ham mosuvo bo'­lishdi. Bu esa, ular hayotida og'ir iz qoldirishi tayin.

Jamshid Ma'murov,

Namangan viloyati sudi sudyasi,

Ikromjon Orifjonov,

jurnalist

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™