LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:09
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Angela Merkel Mirziyoev bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayotganini xabar qildi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 15:50 / KO'RILDI: 34

Yo'ldoshev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Parijda Birinchi Jahon urushi yakunlanishining 100 yilligiga bag'ishlangan tantanalarda Germaniya kantsleri bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uchrashuvda Angela Merkel GFR O'zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish niyati borligini xabar qilgan.

“Munosabatlarimizning bugungi holati va kelajagi hamda xalqaro va hududiy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun O'zbekiston rahbari bilan uchrashuvimizni sabrsizlik bilan kutayapman”, - dedi Angela Merkel.

Germaniya kantsleri aytishiga qaraganda, Shavkat Mirziyoevning bo'lajak tashrifi ikki mamlakat orasida do'stlik rishtalarini rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi va ikki tomonlama munosabatlarning yangi sahifasini ochadi.

Eslatib o'tamiz, 7-8 noyabr kunlari Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Germaniyada bo'lib, u erda bir necha uchrashuvlar o'tkazgan edi. Uchrashuvlar chog'ida jumladan Shavkat Mirziyoevning 2019 yilning yanvar oyida Germaniyaga rejalashtirilayotgan tashrifi ham muhokama qilingan edi.

Manba: sof. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!