LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:22
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Qoshiqchining so'nggi so'zlari: u nima degan edi?
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 15:40 / KO'RILDI: 93

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining so'nggi so'zlari ommaga oshkor etildi. Qoshiqchi o'limidan oldin: “Nafas olomayapman, paketdan boshimni chiqaringlar”, degan ekan. Bu haqda “Haber7” yozmoqda. Shu yil 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kirib, u erdan tirik qaytib chiqmagan “Washington Post” gazetasi muxbiri Jamol Qoshiqchiga uyushtirilgan suiqasd tafsilotlari sekin-asta oshkor bo'la boshladi. “Al Jazeera” telekanalining “Daily Sabah” gazetasi bilan hamkorlikda ishlovchi muxbiri Nazif Karamanning ma'lumotlariga ko'ra, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga chaqirilgan Jamol Qoshiqchining so'nggi so'zlari: “Nafas olomayapman, paketdan boshimni chiqaringlar”, bo'lgan. Qaydlarga ko'ra, Jamol Qoshiqchining o'ldirilishi taxminan 7 daqiqa davom etgan. Ayni paytda jinoyat bo'yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda. Karamanning aytishicha, politsiya xodimlari Qoshiqchining jasadini topish maqsadida tunu kun qidiruv olib bormoqda. Qoshiqchini o'ldirgan jinoiy guruh ishlatgan asboblar topilgan. Ular tez orada ommaga oshkor qilinadi.

Manba: qalampir. com

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!