LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:24
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Rossiyada o'zbekistonlik 300 ming rubl to'lamaguncha mamlakatdan chiqarilmadi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 15:05 / KO'RILDI: 30

Astraxanda erkak kishi O'zbekistondagi oilasi yoniga hech qanday muammolarsiz borish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida 300 ming rubldan (4,4 ming AQSh dollari) ko'proq pul to'lashga majbur bo'ldi. Bu haqda AN xabar qilmoqda.

Chernoyarskiy tumanida istiqomat qiluvchi shaxs kredit tashkilotiga katta miqdorda pul qarz bo'lib qolgan.

«Erkak qarzini o'z ixtiyori bilan to'lamagan, shuning uchun sud ijrochisi majburiy tartibda uning pensiyasidan pulning bir qismini ushlab qoldi. Shuningdek, ushbu shaxsga Rossiyadan tashqariga chiqish huquqi cheklab qo'yildi. Qarzdor oilasini ko'rib kelmoqchi bo'lganida, uni chegaradagi o'tkazish punktida ushlashdi. Safar amalga oshmay qoldi», - deyiladi nashr xabarida.

Ta'kidlanishicha, qarzdor kredit qarzini to'la hajmda, shu jumladan, ijro yig'imi sanalgan 22 ming rubl (325 AQSh dollari)ni to'lab bergan hamda shundan so'ng O'zbekistonga jo'nab ketgan.

Manba: kun. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!