Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:31
LoginA'zo bo'lish
Toshkent-Riga-Toshkent yo'nalishi bo'yicha reyslar qayta tiklandi

 31 MART, 09:00 109

.

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi may oyidan boshlab Toshkent-Riga-Toshkent yo'nalishi bo'yicha muntazam reyslar qayta tiklanganligini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, qatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkent - Riga:

•  uchish: soat 09:00; •  qo'nish: soat 12:30.

Riga - Toshkent:

•  uchish: soat 14:00; •  qo'nish: soat 21:00.

Toshkent-Riga yo'nalishi bo'yicha aviachipta narxi ekonom-klassda 4 million 658 ming so'mdan ,biznes-klassda 11 million 510 ming so'mdan boshlanadi.

Riga-Toshkent yo'nalishi bo'yicha aviachipta narxi ekonom-klassda 4 million 658 ming so'mdan, biznes-klassda 12 million 898 ming so'mdan boshlanadi.

Shu bilan birga, Latviyaga kirish faqat jiddiy sabablarga ko'ra, xususan, ish, o'qish, oilani birlashtirish, voyaga etmagan bolalarni kuzatib borish, dafn marosimlarida qatnashish, tibbiy maqsadlarda va Latviyada yashash uchun ruxsatnoma mavjud bo'lganda ruxsat etiladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™