Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Jon Isner Mayami "Masters" yarim finaliga chiqdi
MUHARRIR: WapUsta

28 MART, 11:10 / KO'RILDI: 26

AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Dunyo reytingida 9-o'rinni egallab turgan amerikalik Jon Isner ikkala set ham tay-brekka qadar etib borgan chorak final uchrashuvida ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqdi. 

Isner 1 soatu 45 daqiqa davom etgan bahs yakunida 7/6(1), 7/6(5) hisobida g'alaba qozondi. 33 yoshli Jon 24ta eys zarbasini berishga muvaffaq bo'ldi. Amerikalik raketka ustasi Miami Open yarim finalida kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqadi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!