Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:00
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
OAV: Gulnora Karimovaning uyida va seyflarida qiymati 38 mln Shveytsariya frankiga teng soatlar va zargarlik buyumlari topilgan
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Zeromax kompaniyasi 2006—2009 yillarda O'zbekiston Birinchi Prezidentining qizi Gulnota Karimovaning hisob-kitoblarini to'lagan. Bu haqda Shveytsariyaning Tages-Anzeiger va Tribune de Gen?ve nashrlariga tayanib, «Kun.uz» xabar bermoqda.

Gulnora Karimova 2009 yilda «Nasha Gazeta» nashriga bergan intervyusida Zeromax kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo'qligini aytgan.

Zeromax kompaniyasi Shveytsariyaning Tsug shahrida 2005 yilda ro'yxatdan o'tgan va O'zbekistonning neft va gaz savdosi bo'yicha shartnomalarini amalga oshirgan. 2010 yilda Zeromax bankrot bo'lgan va o'zidan keyin 191 ta kreditor oldida 5,6 milliard Shveytsariya frankiga teng ulkan qarzlarni qoldirgan. Kompaniyaning bankrotligidan Shveytsariya va Germaniyadagi ko'plab kompaniyalar zarar ko'rgan. Ular Zeromax Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan, deb hisoblaydi va uning muzlatib qo'yilgan aktivlarining bir qismini etkazilgan zarar uchun to'lov sifatida ularga qaytarishni talab qilmoqda.

Zeromax ko'pincha Gulnora Karimova bilan aloqdorlikda eslanadi, aslida kompaniyani kim nazorat qilgani noma'lum. 2009 yilda «Nasha Gazeta» nashriga bergan intervyusida Gulnora Karimova Zeromax’ga aloqadorligi yuzasidan berilgan savolga shunday javob bergan: «Haqiqatda bunday ma'lumot internetda paydo bo'ldi va shundan buyon menga yopishib qoldi. Bu kompaniyaga mening hech qanday aloqam yo'q, albatta, kompaniya bilan nafaqat u erda ko'plab do'stlarim ishlagani uchun, balki uning mamlakatimiz hayotida o'ynayotgan roli bo'yicha yaxshi tanishman».

Tages-Anzeiger va Tribune de Gen?ve jurnalistlari esa boshqacha fikrda. Ularning qo'liga 2016 yilda tuzilgan politsiya hisoboti tushgan. Hujjatdan ma'lum bo'lishicha, Gulnoraning uyida va Jenevaningi Lombard Odier bankidagi seyflarida o'tkazilgan tintuvlar vaqtida qiymati 38 million Shveytsariya frankiga teng soatlar va zargarlik buyumlari, xususan, yoqut zanjir, yirik qizil brilliantli halqa topilgan.

Bundan tashqari, politsiya hisobotida Shveytsariya va Germaniya kompaniyalari Gulnoraga uning Kolonidagi «Magnoliya» villasi ta'miri uchun yuborgan hisoblari, Frantsiya va Gonkongda ko'chmas mulk sotib olingani haqida ma'lumot, evropalik futbolchilarning O'zbekistonga transferi uchun to'lovlar mavjud. Bu hisoblarning ba'zilarini Gulnoraning o'zi to'lamagan, ularni Zeromax kompaniyasiga yo'naltirgan. Jurnalistlarning hisoblashicha, Zeromax tomonidan Gulnora Karimovaning topshirig'iga binoan uning manfaatlari uchun to'lagan to'lovlarning umumiy summasi 127 million Shveytsariya frankini tashkil qiladi.

TdG tomonidan xabar qilinishicha, tergovchilar Zeromax hisobraqamlaridan Gazprombankning Tsyurixdagi filialidagi ofshor kompaniyalarning hisobiga o'tkazilgan pullar bo'yicha dalillarni ham topgan. Mazkur kompaniyalar Gulnora Karimovaga aloqador bo'lishi mumkin: 2006—2009 yillarda 370 million Shveytsariya franki o'tkazilgan. Shundan so'ng, 2010 yilda barcha pullari olib qo'yilgan Zeromax bankrot bo'lgan.

Shveytsariya savdo reestrida kompaniya O'zbekistonning ikki fuqarosi nomiga ro'yxatga olingan. 2017 yilga qadar Zeromax bankrotligi bo'yicha ish Karimovaga qarshi tergovning bir qismi bo'lgan. Biroq keyinroq jinoiy ishlar bo'yicha federal sud Zeromax tomonidan Karimovaning foydasiga o'tkazilgan ko'p sonli to'lovlar Gulnora Karimovaning kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirgani haqida guvohlik bermaydi, degan qarorga kelgan. Sud Zeromax’ning sobiq menejerlari ko'rsatmalarini muhimroq deb hisoblagan. Ularning ko'rsatmalari Karimova kompaniyaga aloqador bo'lmaganini tasdiqlagan. Zeromax kreditorlarining advokatlari esa menejerlar bosim ostida ko'rsatma bergan, deb hisoblaydi.

Joriy yilning 9 mayida Federal kengash dastlabki qarorni qabul qilgan: muzlatib qo'yilgan 800 million Shveytsariya franki to'liq hajmda O'zbekistonga qaytarilishi kerak, chunki pullar korruptsion faoliyat va O'zbekiston davlatiga etkazilgan zarar natijasida olingan, deb hisoblanadi.

Manba: daryo.uz

. WapUsta
12.10.2018 / 00:00
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: