Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:22
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Al-Hakim at-Termiziyning yo'qolgan asarlaridan biri topildi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Turkiyadagi qadimiy muzeylardan birida izlanish olib borayotgan Termiz davlat universitetining ilmiy tadqiqotchisi Jo'rabek Cho'tmatov buyuk mutaffakkir Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziyning bugungacha “mafqud”, ya'ni “yo'qolgan” deb kelingan asarini topdi. Asar Qur'ondagi Fotiha va Baqara surasining sharhiga bag'ishlangan. Bu haqda Turon24 nashri xabar berdi.

Topilgan yangi qo'lyozma Movarounnahrda Qur'on sharhiga bag'ishlangan ilk asar sifatida baholanmoqda. Hozirda mazkur asarni dunyo tadqiqotchilari e'tiboriga havola etish uchun arab tilida chop etish ishlari boshlangan. So'ngra o'zbek tilidanashrga tayyorlanadi.Misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning ta'kidlashicha, Termiziy to'rt yuzdan ortiq kitob yozgan bo'lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha etib kelgan. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istanbul va London kabi shaharlardagi qo'lyozmalar jamg'armalarida saqlanadi.Tarix fanlari nomzodi Jaloliddin Mirzaevga aytishicha, Al-Hakim at-Termiziy yurtimizda tasavvuf va tafsir ilmining rivojlanishini boshlab bergan qomusiy olim sanaladi. Allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o'rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda uning vafot etgan sanasi hijriy 255 (milodiy 869) deb yozilgan. Mutafakkir olimning 120 yil umr ko'rgani e'tiborga olinsa, alloma VIII asrning o'rtalarida (taxminan 750-760 yillar oralig'ida) tavallud topgan.

Manba: islom.uz

. WapUsta
11.10.2018 / 23:25
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: