Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Endi ota-onalarning uzoq vaqt chet elga ishlash uchun ketishi cheklanadimi?
MUHARRIR: WapUsta

28 MART, 10:30 / KO'RILDI: 50

Joriy yilning 23-26 mart kunlari Samarqand shahrida Ilm-fan kelajak poydevori shiori ostidagi Qizlarjon o'quvchi-qizlar sammitida voyaga etmagan farzandlari bo'lgan ota-onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish haqidagi murojaati bo'yicha Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, Qizlarjon o'quvchi-qizlar sammiti doirasida ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga o'zlarini qiziqtirgan va tashvishga solgan masalalari bilan murojaat etishgan. Ochiq muloqot tarzida o'tgan sammitda ishtirokchilar tomonidan turli mavzularga oid takliflar berilgan.

Tadbir ishtirokchisi voyaga etmagan farzandlari bo'lgan onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish bo'yicha taklif bergan.

Bu taklif qizlarning atrofdagi voqealarni o'rganishlari asosida berilgan. Ya'ni, ota-onalari xorijga ishga ketgan ayrim yoshlar turli nojo'ya ishlarga, jumladan jinoyatchilikka ham aralashib qolmoqda, deyiladi izohda.

Bildirilishicha, mazkur taklif hech kim tomonidan ataylab uyushtirilmagan. Taklif bergan qizlarning voyaga etmaganligini hisobga olib, sammit davomida mutaxassislar tomonidan qonun birinchi navbatda inson manfaatlariga zid bo'lmasligi va bu mazmundagi normativ hujjatlar fuqarolarning erkinligini cheklashiga olib kelishi haqida batafsil tushuncha berilgan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!