Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:54
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Qabristonni ziyorat qilish odobi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “O'lim nasihat olish uchun etarlihodisadir”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati). Qabristonga ziyorat uchun borganda quyidagilarga e'tibor berish lozim. Birinchi bo'lib  salom berib, xoksorlik bilan qabristonga kiriladi. Chunki Rasululloh (s.a.v.): “Sizga salom, ey qabriston ahllari”, deganlar.

O'tganlarning qabrlarni ziyorat qilish, marhumlar ruhiga bag'ishlab tilovati Qur'on hamda duoi xayrlar qilish dinimizda ruxsat berilgan amal bo'lib, mayitlar uchun foydasi bor. Rasululloh (s.a.v.):  “Sizlarga qabrlar ziyoratini ta'qiqlagan edim. Mana, endi qabrlarni ziyorat etaveringiz, zero u sizlarga oxiratni eslatadi”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).  Agar biz, o'tgan ajdodlarimiz ruhlarini shodlantirish uchun xotirlasak, farzandlarimiz bundan yaxshi ibrat olib, vaqti kelganda ular ham bizlarni shunday xotirlab, duoda bo'lishadi. Bu borada Payg'ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: “Agar, bir inson vafot qilsa uning amali to'xtaydi. Faqtgina uchta narsadan unga foyda etib turadi: (qoldirib ketgan) sadaqai joriya yoki foydali ilm yohud haqqiga duo qilib turadigan solih farzandlaridan”, (Imom Muslim rivoyati).

Shuningdek, qabristonga ziyorat uchun borgan kishi tohoratli bo'lishi, millatimiz va dinimizga munosib kiyimda bo'lishi, ortiqcha va noshar'iy gaplarni gapirmasligi, nos va tamaki chekmasligi, qabrlarni bosib yurmasligi shart. Imkon bo'lsa qabristonning qibla tomoniga o'tib, orqani qiblaga qilib, qabr ahliga yuzma-yuz turib tilovat va duo qilish lozim bo'ladi. Demak, qabristonga borganlar u erda yotgan marhumlarni o'ylab, undan har kim o'ziga o'git va ibrat olishi lozim. Zero, ular ham bizlardek bu dunyoda yashaganlar, turli amallarni qilib o'tganlar. Hozirda o'sha amallariga yarasha bir qadar Alloh taoloning ajri yoki uqubatiga doxil bo'lgan holda yoturlar. Bu esa insonni fikr qilishga undaydi. O'tib ketgan marhumlarning yaxshi sifatlarini eslash bizning burchimizdir. Bu haqda Rasululloh (s.a.v.): “Dunyodan o'tganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Aziz avliyolarning maqbaralarini va yaqinlarimizning qabrlarini ziyorat qilib turish dinimizda savobli ishlardan sanaladi. Ammo ziyorat paytida shariat ko'rsatmasiga zid amallarni qilmaslik lozim. Masalan avliyolarning mozoriga borganda atrofini aylanmaydi va undan madad so'ramaydi. Chunki tavof faqat xonai Ka'bada bo'ladi, mozorlarda esa odob bilan borib, tilovat va duo qilib, savobini shu qabr sohibining ruhiga bag'ishlaydi. Madadni esa Alloh taoloning O'zidan so'raydi. Insonlar faqat Allohgagina ibodat qiladilar, sig'inadilar va Uning O'zidangina yordam kutadilar. Bundan boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Qur'oni Karimda: “ Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz” (Fotiha surasi, 4-oyat), deb ta'lim berilgan. Bundan shu narsa ma'lum bo'ladikim, har bir ziyorat etuvchi kishi qabrda yotgan avliyo yoki boshqa zotlardan madad so'ramaydi. Har qanday hojatlarni ravo etishni bevosita faqat Alloh taoloning O'zidan so'raydi. Qabrlarga sham yoqish, qabr toshlarini o'pish, qabr ustiga o'tirish, qabr ro'parasida namoz o'qish mumkin emas.

Qabr yo'qolmasligi uchun ustiga mo''jaz tosh yoki taxtada nomlarini yozib qo'yish joiz. Ammo dabdabali qilib, yozuvlarni ko'paytirib, suratlarni chizib qimmat baho toshlarni o'rnatish va atrofni panjara qilish mutlaqo mumkin emas va isrof ham sanaladi.

Dinimizda qabristonlarni obod qilish, o'simliklar ekish yaxshi amallardan hisoblanadi. Lekin mevali daraxtlar ekish, ularning mevasidan iste'mol qilish, qabristonda chorva mollarini o'tlatish joiz emas.

Alloh taolo o'tganlarimizning ruhlarini shod va oxiratlarini obod aylasin.

Manba: muslim.uz

. WapUsta
11.10.2018 / 22:20
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: