Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:22
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Jahondagi eng yaxshi universitet qaysiligini bilasizmi?
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Jahondagi eng yaxshi universitetlar reytingi e'lon qilindi. Mazkur reyting “Reuters” agentligi tomonidan tuzilgan bo'lib, unga faqatgina fan va texnologiyalar taraqqiyotiga eng ko'p hissa qo'shayotgan universitetlar kiritilgan.   E'tiborlisi, Stenford universiteti qatorasiga to'rtinchi yildirki, birinchi pog'onadan tushmayapti.   Reytingdagi etakchi beshlikda faqat Amerika universitetlari o'rin olgan: Massachusets texnologiyalar instituti ikkinchi, Garvard universiteti uchinchi, Pensilvaniya va Vashington universitetlari to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni band etdi.   Bundan tashqari, dastlabki o'nlik ichida Belgiya va Buyuk Britaniyaning bittadan ta'lim dargohi kiritilgan bo'lib, qolgan uchta universitet AQShga tegishli.   Osiyo davlatlari orasida Koreya ilm-fan va texnologiya oliy instituti birinchi o'rinda bo'lib, umumiy reytingning 11-pog'onasidan o'rin olgan. Reytingning dastlabki yuzligiga Osiyo davlatlaridan Koreya Respublikasi, Yaponiya va Xitoy ta'lim dargohlari kiritilgan.   Ta'kidlash joizki, reytingga kirgan universitetlar soni bo'yicha AQSh birinchi o'rinda turibdi. Mamlakatning 49 ta universiteti ro'yxatdan o'rin olgan. Germaniya va Yaponiya ikkinchi o'rinda bo'lib, ularning har biridan to'qqiztadan universitet reytingda e'tirof etilgan.

Manba: qalampir.uz

. WapUsta
11.10.2018 / 20:55
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: