Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Toshkentda tug'ilgan gimnastika afsonasi Alina Kabaeva bolaligini yodga oldi
MUHARRIR: WapUsta

28 MART, 09:50 / KO'RILDI: 51

Olimpiya chempioni va baddiy gimnastika afsonasi Alina Kabaeva Aeroekspress jurnaliga O'zbekistonda kechgan bolaligi va qanday qilib sport bilan shug'ullana boshlagani haqida gapirib berdi.

Kabaeva Toshkentda dunyoga kelgan. Uning xotirasida bolalik onlari eng baxtiyor va beg'ubor damlar sifatida muhrlanib qolgan. Alinaning so'zlariga ko'ra, u o'sgan ko'pmillatli mahallada bolaning begonasi bo'lmagan.

Men ko'pmillatli shaharda tug'ilibgina qolmay, balki shunday muhitda voyaga etganman. Hovlimizda turli millatga mansub oilalar yashar edi. Shu qadar inoq bo'lganmizki, bunda har birimizning baxtiyor onlarimiz barcha uchun shodu-xurramlikka aylanar, qiyin damlarda esa hech kim o'z muammosi bilan yolg'izlanib qolmas edi. Qo'shnilar hamisha bir-birini qo'llab-quvvatlar va yordam berishardi. Odamlar o'rtasidagi munosabatlar samimiy va do'stona edi. Albatta, janjallar ham bo'lgan, lekin bunday holatlarda ham bir-biriga nisbatan nafrat bo'lmagan , deb so'zladi u.

Alinaning otasi futbolchi bo'lgan, onasi esa qachonlardir basketbol bilan shug'ullangan. Shu bois, juftlik qizaloqni ham sportga oshno etishni rejalashtiradi. Alina gimnastikachi bo'lmasligi ham mumkin edi.

O'z vaqtida dadam Dnepropetrovskdagi Dnepr futbol jamoasida to'p surganlar. U erda figurali uchun yaxshi rivojlangan edi. Men o'sha vaqtda uch yoshda bo'lganman, onamlarga sportning bu turi juda yoqqani uchun, meni figurali uchishga bergan bo'lishardi , - deya xotirlaydi Kabaeva.

Oila boshlig'i olgan jarohatdan so'ng hammalari birgalikda Toshkentga qaytishadi. Lekin bu erda muz saroylari ko'p emas edi. Natijada Alina badiiy gimnastikaga qatnay boshlaydi.

Oyimlar hali men dunyoga kelmasimdan bu sport turi bilan tanish bo'lganlar, nega deganda, u kishi o'ynagan basketbol jamoasi gimnastikachilar bilan bitta zalda shug'ullanishgan (avval badiiy gimnastikachilar zalni band etgan bo'lsa, kunning ikkinchi yarmida basketbolchi qizlar u erda shug'ullanishgan). Irina Aleksandrovna Vinerning mashg'ulotlarini kuzatgan oyim, o'sha vaqtning o'zidayoq, agar kelajakda qizaloqli bo'lsa, uni albatta, badiiy gimnastikaga va faqat shu murabbiyga berishini diliga maqsad qilib tugib qo'ygan , deya izoh beradi chempion.

Badiiy gimnastika tufayli, Kabaeva dunyoning ko'plab mamlakatlarida bo'ladi. Sportchi ayol xotiralariga ko'ra, mashg'ulotlar grafigi o'ta zich bo'lishiga qaramay, murabbiylar qizlarni o'zlari mehmon bo'lib turgan davlatning madaniyati bilan tanishtirishga albatta vaqt topar edi.

Eng zavqli xotiralarim Yaponiya bilan bog'liq. 1994 yil boshida men Osiyo chempionatiga Qozog'istondan (o'sha vaqtda Pavlodarda yashaganmiz, dadam traktor futbol jamoasi uchun to'p surardi) borganman. 95-yilda men Irina Aleksandrovna qo'lida shug'ullanishni boshladim va bir yildan keyin Rossiya termasi a'zosiga aylanib, Yaponiyaga qaytganman va yuniorlar o'rtasida jahon chempionati g'olibi bo'lganman. Hatto murabbiyim ham bunday bo'lishini kutmagan. Men o'z oldimga o'shanda eng kuchli gimnastikachilar 30taligiga kirishni maqsad qilib qo'ygandim , deb hikoya qiladi Alina.

Ona Vatani O'zbekistonga olimpiya chempioni tez-tez qadam ranjida qiladi. Alinaning aytishicha, u faqatgina Toshkentni emas, balki Buxoro va Samarqandni ham juda yaxshi ko'radi.

Alina sportda olgan tajribasi hayotda unga juda yordam berishini qo'shimcha qilgan. Axir aynan sport intizomni, jamoada ishlash qobiliyatini shakllantiradi, aynan sport tufayli inson har bir harakati uchun javob berishni, mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni o'rganadi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!