Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:02
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Samarqanddagi holat: "Sizni hamshira kelsa tekshiradi, men bu ishlarni qilmayman. Chunki shifokorman"
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Tibbiyot sohasida Gippokrat qasamyodiga sodiq, hayotini insonlar sog'ligini himoya qilishga bag'ishlagan fidoyi shifokorlar ko'p. Qo'li engil shifokorlarning muolajalaridan shifo topayotgan bemorlar ulardan minnatdor. Biroq... Samarqand viloyat oftalmologiya shifoxonasining ayrim shifokorlariga bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishdan ko'ra Telegram’ga parol qo'yish eng muhim masala ko'rinadi, deb yozadi «Daryo» muxbiri Farhod Norbo'taev.

Siz ko'rib turgan suratdagi ikki shifokor mazkur shifoxonaning 11-xonasida faoliyat yuritadi. Shifokorning tavsiyasiga ko'ra aynan ushbu kabinetga kirishga to'g'ri keldi. Biroq, bu ikki shifokorga (o'zini tanishtirishni istamadi) bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish emas, balki qo'l telefonini o'ynab o'tirish asosiy vazifa qilib belgilangan ko'rinadi!

Tibbiy ko'rikdan o'tishim lozimligini so'raganimda o'zini shifokor ekanligini bildirgan erkak kishi dastlab kutib turing dedi. Biror zarur ish bo'lsa kerak deb 10 daqiqacha kutdim. Ularning so'zlariga e'tibor bersam, Telegram’ga parol qo'yish bilan mashg'ul ekan.

«O'rtoq, do'xtir! Men bemorman! Iltimos, tekshirib ko'ring», — desam jahl bilan tibbiy kartamni ko'rdi-da: «Sizni hamshira kelsa apparatda tekshiradi, men bu ishlarni qilmayman. Chunki shifokorman. Bu ishlar hamshiraning vazifasi», — deb tibbiy kartani qaytarib berdi.

Samarqand viloyat oftalmologiya shifoxonasidagi shifokorlar Telegram’ga qarashdan tashqari, har zamonda bo'lsa ham shifoxonaga najot izlab kelgan bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazib tursa yaxshi bo'lardi. Aks holda oq xalatga dog' tushirib, shifokor degan sharafli nomga isnod keltirib qo'yishi hech gap emas.

. WapUsta
11.10.2018 / 20:40
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: