Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 09:50
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Habib Nurmuhamedovga Oliy unvon beriladi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Mutloq janglar chempionati UFC’ning engil vazn toifasida amaldagi chempioni rossiyalik Habib Nurmuhamedov “Dog'iston xalq qahramoni” unvoniga sazovor bo'ladi. Unvon sportchiga irlandiyalik Konor Makgregor ustidan g'alaba qozongach beriladigan bo'lgan.   Ma'lumot uchun, ushbu Oliy unvon va medal 10 yil avval ta'sis etilgan. Hozirgacha 20 nafarga yaqin odam ushbu unvonga munosib ko'rilgan.   Habib 7 okyatbr, yakshanba kuni AQShning Las-Vegas shahrida Makgregor ustidan g'alaba qozongandi. Rossiyalik sportchi irlandni to'rtinchi raundda bo'g'ib olgach, u jangni davom ettirolmay mag'lub bo'lgandi.   Ammo jangning o'zi qolib odamlar undan keyingi mushtlashuvga ko'proq e'tibor berdilar. Jangdan so'ng Nurmuhamedov Oktagon tashqarisiga sakrab o'tib, Makgregor jamoasi vakili bilan mushtlashib ketgandi.   Bu mushtlashuvga nima sabab bo'lgani esa keyinroq ma'lum bo'ldi. Makgregor do'sti Dillon Denis Habibga qarab Islom dinini haqoratlagan. Bu holga sportchi chidab turolmay jang qafasidan sakrab chiqib, mushtlashib ketgan.   Habibning tartibizlik keltirib chiqargani uchun UFC un jazoladi. Sportchi 250 ming AQSh dollari miqdorida jarima to'laydigan bo'ldi. Ammo sportchi jang uchun beriladigan 2 mln AQSh dollarni oladigan bo'ldi.   Hibib Nurmuhamedovni jangdan keyin Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tabriklagan. Kecha, 10 oktyabr kuni Putin Nurmuhamedov va uning otasi bilan uchrashdi.

Manba: qalampir. com

. WapUsta
11.10.2018 / 16:50
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: