Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 08:49
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Puldan ham muhim narsalar bor: Google Pentagonning 10 milliard dollaridan voz kechdi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Kompaniya AQSh mudofaa vazirligi uchun ma'lumotlarni bulutli saqlash omborini yaratish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha e'lon qilingan tenderda ishtirok etishdan bosh tortdi. Bunga mazkur loyihaning birinchi navbatda etik tamoyillarga to'g'ri kelmasligi sabab qilib ko'rsatilmoqda.

JEDI (Joint Enterprise Defense Infrastructure cloud «Djeday», deb ham ataladi) loyihasi Pentagon uchun bulutli ombor yaratishni ko'zda tutadi, unda sun'iy intellekt elementlari mavjud va mudofaa vazirligining barcha ma'lumotlari shu omborda joylashtiriladi. Ushbu “Harbiy bulut” yaratish loyihasida Amazon, Oracle, IBM va Microsoft kompaniyalari ishtirok etishini allaqachon ma'lum qilgandi. Dastavval, ushbu kompaniyalar orasida Alphabet kompaniyasi ham bor edi, Google uning tuzilmasiga kiradi, lekin tenderda ishtirok etishdan voz kechganini e'lon qildi.

Alphabet vakillari ushbu qaroriga bir qancha sabablarni keltirishdi. Birinchidan, harbiylar bilan birga ishlash kompaniyaning etik tamoyillariga ziddir. Yaqinda Google xodimlarining noroziligi ham shunday qaror qabul qilinishiga asos bo'lgan bo'lishi mumkin. Ular Pentagon bilan harbiy ishlanmalarda hamkorlik qilishni istamagandilar. Quyidan qilingan bosim tufayli kompaniya rahbariyati «Don"t be evil» («Yovuz bo'lma») shiori haqida eslab qolishdi va Project Maven loyihasini ham yopishdi (ushbu loyiha AQSh armiyasi uchun sun'iy intellekt yaratishni ko'zda tutgandi).

10 milliardni rad etishning yana bir sababi (Tender g'olibi shuncha pullik shartnomaga ega bo'ladi) — shartnomada alohida punktlar kiritilgani, uni bajarish uchun Google kompaniyasida AQSh hukumatining tegishli sertifikati yo'q. Ammo Alphabet rahbariyati Pentagon bilan barcha aloqalarni uzib tashlamoqchi emas: xolding vakillarining ta'kidlashicha, ular agar Pentagon loyihani bir nechta kompaniyalar orasida taqsimlasa uning bir qismini boshqa podryadchilar bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin ekan.

Manba: terabayt. uz

. WapUsta
11.10.2018 / 16:40
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: