Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
"MYu" futbolchisi o'zini Belgiya termasining barcha zamonlardagi eng zo'r o'yinchisi deb atadi
MUHARRIR: WapUsta

28 MART, 06:00 / KO'RILDI: 1

"Manchester Yunayted" klubi va Belgiya terma jamoasi futbolchisi Romelu Lukaku o'z mamlakatining eng zo'r hujumchisi deb atadi.

"Odamlar mendan ba'zan Belgiya termasining barcha zamonlardagi eng yaxshi uch hujumchisi nomiga loyiqligimni so'rashadi. Ha, ha va yana bir bora ha. Men mamlakat tarixidagi eng yaxshi hujumchiman deya olaman. Men qolganlardan kilometrlar oldindaman, buni sizga aytyapman", - deydi Lukaku Otro nashriga.

Lukaku Belgiya termasida urilgan gollar bo'yicha rekordchi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchi milliy jamoasining 79 o'yinida 45 marta gol urgan. Milliy jamoa safidagi debyutini 17 yoshida Xorvatiya bilan o'rtoqlik o'yinida o'tkazgan. Termadagi birinchi golini 18 yoshida Rossiya terma jamoasi bilan nazorat o'yinida urgan.

Manba: stadion.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!