Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 09:57
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Transportdan axlat tashlash uchun jarima 2 baravar oshirildi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 oktyabr kuni Ma'muriy javobgarlik kodeksining bar qator bandlariga o'zgartirish kiritish haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda "Xalq so'zi".

Kiritilgan o'zgarishlardan biri, transport vositasidan axlat tashlashga taaluqlidir.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik kodeksining 123 moddasiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, bundan buyon poezd vagonlari, avtobus yoki avtomobil transporti oynalaridan otib yuborilgan axlat uchun undiriladigan jarima miqdori EKIHning 1/5 miqdorida - ya'ni 36860 so'm etib belgilandi.

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda ushbu jarima miqdori EKIHning 1/10 (18430 so'm) miqdorida belgilangan.

Shuningdek Ma'muriy qonunbuzarlik kodeksiga maxsus belgilangan joylardan boshqa joyga axlat tashlash, tabiiy suv havzalarini ifloslantirish va kanalizatsiya tarmoqlari foydalanish qoidalarini buzish uchun javobgarlik choralari kuchaytirilgan.

Manba: darakchi. uz

. WapUsta
11.10.2018 / 16:10
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: