Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Frantsiya musulmonlari Facebook va YouTubeni sudga berdi
MUHARRIR: WapUsta

28 MART, 05:40 / KO'RILDI: 53

Ma'lumki, Yangi Zelandiya masjidlariga hujum uyushtirgan terrorchi o'zining jirkanch harakatlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etgan. Shu munosabat bilan Frantsiya musulmonlari Facebook va YouTubeni musulmonlar qirg'in qilingan videoni namoyish etilishiga qo'yib berganligi uchun sudga berdi.

France-Presse agentligining ma'lumotiga ko'ra, da'voni Frantsuz musulmonlari kengashi vakillari bergan. Ularning ta'kidlashicha, bu kabi zo'ravonlik xabarlarini tarqatish yangi terrorchilik hujumlari yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch masjidlarida amalga oshirilgan mudhish xunrezlik natijasida 50 nafar musulmon halok bo'lgan edi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!