LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:42
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
"Qaynonam makrining qurboniga aylanyapman"
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 12:40 / KO'RILDI: 33

Turmush o'rtog'im bilan sevishib, sinashib oila qurganmiz. O'rtamizdagi muhabbatga qattiq ishonardim. Biroq baxtli oila qurish uchun er-xotinning munosabati etarli bo'lmas ekan. Erim kenja o'g'il bo'lgani uchun qaynonam bilan yashaymiz. Qaynotam ancha yillar oldin vafot etgan. Homiladorligimda qaynonamning menga ko'rsatgan qiliqlarini o'ylasam, hozir ham yuragim siqiladi. Siqilganimdan bolam kasalmand tug'ildi. Dardimni ichimga yutib, chidadim. Qizim uchga to'lmasidan o'g'lim tug'ildi. Ikki bolaning parvarishi, ro'zg'or yumushlari meni holdan toydirayozdi. Qaynonamning dashnomini eshitmay, erimga urdirmasin, deb tinim bilmasdim. Bir kuni uylarni tozalayotib, qaynonam yotadigan gilamning tagidan bir talay dori topib oldim. Qon bosimim ko'tarildi, deb dori olib keltirar, ularni ichmasdan gilam tagiga tashlab qo'yarkan. Bundan qattiq jahlim chiqdi. Erim onasining gapiga kirib, meni haqoratlay boshlaganida barchasini aytib berdim. U jazavaga tushdi. Har kuni bo'ladigan ana shunday tashvishlardan charchadim. Ichimdagini birovga aytib yorila olmasam, bir kun o'zim ham kasalmand bo'lib qolamanmi, degan o'ydaman. Qaynonamning makrlaridan, onasini gapiga ishonib erim meni qiynashidan charchadim. Maslahat bering, nima qilay?”

Manba: darakchi.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!