LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:25
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Erdo'g'an Tramp bilan uchrashdi, ammo miq etmadi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 12:30 / KO'RILDI: 33

Kecha, 11 noyabr kuni Frantsiya poytaxti Parij shahrida Birinchi Jahon urushi yakunlanganiga 100 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan marosimda AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melanya Tramp hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an va rafiqasi Emina Erdo'g'an o'rtasida qisqa uchrashuv bo'lib o'tdi.   Parij markazida o'tgan marosimdan keyin davlat rahbarlari “Elysee” saroyidagi kechki ovqatga to'plandilar.   Erdo'g'an kechki ovqatdan avval turmush o'rtog'i bilan “Picasso Bleu et Rose” ko'rgazmasidagi san'at asarlari bilan tanishdi. Bu erda turk jurnalistlari bilan muloqot qildi.
  Ko'rgazmani tomosha qilish vaqtida prezident Erdo'g'an va uning rafiqasi Moldova prezidenti Igor Dodon va uning rafiqasi Galina Dodon bilan suhbatlashdi.   Kechki ovqat mahali Donald Tramp va Rajab Toyib Erdo'g'anning suhbatlashishiga imkon tug'ilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, Tramp Erdo'g'anga bir necha bag'araz hazillar ham qilgan.   Kechki ovqatda Trapm Putinning qarshisida, Erdo'g'anning chap “biqinida” o'tirgan.
  Yaxshi ma'lum, so'nggi vaqtlarda Turkiyada turk lirasining dollarga nisbatan qadrsizlanishi keskin tus oldi. Mamlakatda dollar miqdori oshib ketdi. Bu esa iqtisodga katta zarar etkazdi. Mamlakatda narx-navo oshib bormoqda. Erdo'g'an bu holatda AQShni ayblab, “tanklar bilan qila olmaganlarini, dollar bilan amalga oshirishmoqchi”, degan edi. Ammo uchrashuvda bu haqda miq etmagan. 

Qalampir.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!