LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:32
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Toshkent shahar IIBB xonadonlarda is gazi qaerdan sizib chiqayotganini aytdi
MUHARRIR: wapusta

10 NOYABR, 23:35 / KO'RILDI: 30

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi so'nggi vaqtlarda is gazi bilan bog'liq muammolar va ular natijasida jabr ko'rayotganlar ko'pligini inobatga olgan holda, mazkur holatlar takrorlanmasligi uchun Toshket shahri aholisi va mehmonlarini ogohlantirdi. Quyida Toshkent shahar IIBBning murojaatini havola etamiz. So'nggi vaqtlarda ba'zi bir shaxslar tomonidan xususiy uylarning ta'mirlash yoki qurilish ishlari olib borilayotganda o'choq va dudburonlarni loyihalashtirish qoidalari va texnik shartlariga zid tarzda ishlar olib borilishi holatlari ko'paymoqda. Bundan tashqari, boshqa bir “ustalar” dudburonlarni santexnikaga mo'ljallangan plastik quvurlar yordamida tayyorlashmoqda. Plastmassa qizigan vaqtida erib, natijada is gazi uyni to'ldira boshlaydi. Oqibatda bu kabi uylarga ko'chib o'tgan insonlar zarar ko'rishadi. Ba'zida bu holatlar Chilonzor va Yashnobod tumanlarida yuz bergani kabi fojia bilan yakun topadi. Zudlik bilan uyingizdagi dudburonlar plastik moddalaridan tayyorlangan yoki yo'qligini tekshiring. Agarda plastikdan ishlangan bo'lsa, ularni zanglamaydigan uskunalardan yoki g'ishtdan, betondan, asbottsementdan, metallik “sandvichlardan” ishlanganlariga almashtiring. Muhimi – tezroq o'zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qilish choralarini ko'ring. Fuqarolar xavfsizligi uchun qayg'urgan hukumat isitish xavfsizligi talablarini tekshiruvchi maxsus komissiya tuzilishni qaror qildi. Prokuratura, ichki ishlar, FVV va “O'ztransgaz” vakillari tomonidan gaz plitalari, xon va suv isitish moslamalari o'rnatilgan hovli uylar tekshirilmoqda. Sizdan ushbu profilaktik ishlarga ijobiy munosabatda bo'lishingizni so'raymiz. O'z xonadonlaringizdagi ta'mirlash va qurilish ishlarini malakali mutaxassislarga topshirishinga chaqiramiz. Shuningdek, yilda ikki marta muntazam gaz xizmati vakillarini tekshiruv uchun taklif qilishni unutmang. Isitish vositalari, dudburonlar va kaminlar sizning oilangizga baxtsizlik emas, balki faqatgina sovuq kunlarda issiqlik olib kelishiga ishonch hosil qiling.

Manba: everyday.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!