LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:10
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Termizda shartli terrorchilar qo'lga olindi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 12:00 / KO'RILDI: 122

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda Termiz tumani at Termiziy mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi «Qum» qishlog'ida maxsus taktik amaliy o'quv mashg'uloti o'tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

«O'quv mashg'uloti, ertalab soat 07:00 da olingan xabarga asosan, Surxondaryo viloyati Termiz tumani at Termiziy mahallasi hududidagi ‘Qum’ qishlog'iga g'arazli niyatlar bilan aholining tinch va osoyishta turmush tarziga raxna solish, izdan chiqarish va qo'poruvchilik jinoyatlarini amalga oshirish maqsadida kirgan, jinoiy guruh harakatlarini bartaraf etish bo'yicha, Surxondaryo viloyati IIB, O'zbekiston Respublikasi IIV TVBSO hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari ‘Qum’ qishlog'ida yashovchi aholiga terroristik harakatlarni sodir etmoqchi bo'lgan jangarilarni qo'lga olish va ularni zararsizlantirish bo'yicha mashg'ulotlarini o'tkazdi», — deyiladi xabarda.

Ushbu tadbirda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jangovar shaylik darajasi oshirilib, amaliy ko'nikmalar hosil qilinib, viloyat hududida favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganida shaxsiy tarkib tomonidan to'g'ri qaror qabul qilishi va belgilangan vazifa va topshiriqlarni mahorat bilan bajarishi, IIVning maxsus rejalariga asosan ishlarni to'g'ri tashkillashtirilishi o'quv mashg'uloti davomida o'rganilib, amalda sinovdan o'tkazildi.

Manba: daryo.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!