LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:10
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Qirg'izistonning O'zbekistondagi elchisi Ibrohim Junusov bo'lishi mumkin
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 11:40 / KO'RILDI: 9

BIShKEK — Qirg'izistonning O'zbekistondagi elchisi lavozimiga Ibrohim Junusov nomzodi tavsiya etilgan. Bu haqda "AKIpress" nashri xabar berdi.

Diplomatning nomzodi mamlakat Jogorku Keneshiga yuborilgan. 13 noyabr kuni xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo'mitasi uning nomzodini ko'rib chiqadi.

Ayni paytda Ibrohim Junusov Qirg'izistonning Turkiyadagi elchisi sanaladi. U mazkur lavozimda 2014 yildan buyon ishlab kelmoqda.

Qirg'izistonning O'zbekistondagi elchisi lavozimi mart oyidan beri bo'sh qolgan edi. Avvalgi elchi Doniyor Sidiqov Qirg'iziston prezidenti apparatining tashqi siyosat bo'limiga rahbar etib tayinlangandi.

Manba: turon24.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!