Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:57
LoginA'zo bo'lish
"Johnson & Johnson"ning 15 million doza vaktsinasi yaroqsiz holga keldi

 2 APREL, 10:20 71

.

"Johnson & Johnson" kompaniyasining 15 mln doza vaktsinasi Baltimor shahridagi zavodda yo'l qo'yilgan xatolik sababli yaroqsizga chiqarildi. Zavod ishchilari Johnson & Johnson vaktsinasiga boshqa kompaniya vaktsinasi tarkibiy qismlarini qo'shib yuborishgan.        

The New York Times nashrining ta'kidlashicha, vaktsina tarkibiy qismlarini aralashtirishdagi xatolik bir necha hafta oldin yuz bergan. 

Johnson & Johnson vaktsina ishlab chiqarish uchun Baltimordagi Emergent BioSolutions kompaniyasini yollagan. Aynan shu kompaniya ishchilari xatolikka yo'l qo'ygan. Ta'kidlanishicha, kompaniyaga mutasaddi idoralar tomonidan vaktsina ishlab chiqarish uchun hali ruxsat berilmagan bo'lgan.  

Johnson & Johnson’da ma'lum qilinishicha, vaktsinaning Baltimorda ishlab chiqarilgan partiyasi sifat nazoratidan o'tmagan.  

AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Johnson & Johnson’dan kelgusida vaktsinasi ishlab chiqarilishini bevosita o'zi nazorat qilishini so'ragan. 

Ta'kidlanishicha, hozirda mutasaddi tashkilotlar zavodda tekshiruv o'tkazmoqda. Korxonani belgilangan standartlarga keltirish uchun bir necha kun yoki hattoki haftalar talab etilishi mumkin.

Johnson & Johnson vaktsinasi hozirda AQShda koronavirusga qarshi qo'llanayotgan uch vaktsinadan biri hisoblanadi. Aytish joiz, AQShda vaktsinaning Niderlandiyada ishlab chiqarilgan partiyasidan foydalanilmoqda. Shu sababli Baltimorda yuz bergan hodisa aholini emlashga katta ta'sir o'tkazmasligi, biroq vaktsina etkazilishini ortga surishi mumkin.

Johnson & Johnson vaktsinasi bir komponentli bo'lib, uning samaradorligi 66,1 foizga baholangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™