LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 00:48
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
O'zbekistonda Probatsiya xizmati yo'lga qo'yiladi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 11:15 / KO'RILDI: 3

2019 yil 1 yanvardan e'tiboran yurtimizda Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzurida Probatsiya xizmati yo'lga qo'yiladi. Uning hududiy bo'linmalari ham tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan tashkil etiladigan ushbu xizmat nima o'zi? Uning qanday afzalliklari bor?

Probatsiya — ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoga hukm qilingan, jumladan, shartli hukm qilingan mahkumlarni qayta tarbiyalash, ularning huquqlarini ro'yobga chiqarish borasida ishlar samaradorligini oshiradigan tizim hisoblanadi.

Bu xizmatdan dunyo amaliyotida juda keng foydalaniladi. Agar xorijiy tajribani olsak, uzoqqa bormaylik, qo'shni Qozog'istonda shartli ravishda jazoga tortilganlarning (6858) 37 foiziga nisbatan probatsiya amaliyoti qo'llanilgan. Natijada umumiy mahkumlarning 202 tasi qayta jinoyatga qo'l urgan bo'lsa, probatsiyaga tushganlarning esa, bor-yo'g'i, 15 tasi, ya'ni 7,4 foizi qayta jinoyat sodir etgan.

Manba: xs.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!