Xayirli tong, Guest!
Soat: 06:47
LoginA'zo bo'lish
Tojikiston va Eron o'zaro mahbuslarni almashishdi

 2 APREL, 09:55 82

.

Tojikiston va Eron o'zaro mahbuslarni almashishdi. Bu haqda kecha Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.

Eronning Tojikistondagi elchisi Muhammad Toki Sobiri Tvitterdagi sahifasida mahbuslar almashinuvi haqida yozdi.

Tojikistonda qamoqda bo'lgan ikki fuqaroning Eronga o'tkazilishi to'g'risida kelishuv Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Jovid Zarifning Dushanbeda tashrifi chog'ida amalga oshirildi.

Mahbuslarni almashtirish bo'yicha kelishuvga shu hafta Eron tashqi ishlar vazirining Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy bilan uchrashuvlarida erishilgan.

Shunday qilib, Tojikiston Eronga Tojikiston Respublikasida qamalgan ikki Eron fuqarosini va Eron Tojikistonga bitta mahbusni - Tojikiston Respublikasi fuqarosini topshirdi.

Ta'kidlanganidek, endi Tojikiston qamoqxonalarida birorta ham eronlik mahbus yo'q.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™