LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 01:36
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Turkiyaning etakchi pudratchisi Toshkentdagi kanallarga qiziqish bildirmoqda
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 10:55 / KO'RILDI: 11

Kompaniya vakillari bu turizmni rivojlantirishda keng imkoniyatlar berishini ta'kidladi.

 

Turkiyaning ko'p yillik tajribaga ega “ICC GROUP” kompaniyasi Toshkentdagi Bo'zsuv, Qorasuv, Salar, Bo'rijar kabi magistral kanallarga qiziqish bildirmoqda. Kompaniya ushbu kanallar qirg'oqlarini mustahkamlash yuzasidan o'zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surmoqda. Kompaniya vakillari o'z qiziqishlarini Toshkent shahar hokimligida bo'lib o'tgan uchrashuvda ochiqlagan.   Kompaniya suv sanoati ishlari, xususan to'g'on qurilishi va kanallar qirg'oqlarini mustahkamlash bo'yicha boy tajribaga ega.Muzokaralar davomida, turkiyalik mutaxassislar Toshkentdan oqib o'tuvchi kanallarning geostrategik ahamiyatiga to'xtalib, bu turizmni rivojlantirishda keng imkoniyatlar berishini ta'kidladi.   Ma'lumot uchun, kompaniyaga 2010 yil Anqara shahrida asos solingan bo'lib, Turkiyaning etakchi pudratchilaridan hisoblanadi. Manba: qalampir.com
Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!