Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:27
LoginA'zo bo'lish
Surxondaryoda o'qituvchi erkak kishini do'pposladi

 2 APREL, 07:25 119

.

Jarqo'rg'on shahrida 2021 yilning 6 mart kuni taxminan soat 21.30 lar chamasida, tumanning “G'ur-g'ur” mahallasida yashovchi, M.F.ni tumanning “Do'stlik” mahallasida joylashgan oshxonada, tumanning “Mehnat rohat” mahallasida yashovchi, maktab o'qituvchisi, Ch.G'. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan M.F.ning duch kelgan joylariga qo'li bilan urib, “sog'lig'ining buzilishiga sabachi bo'lgan engil” tan jarohati etkazgan.

23 mart kuni Ch.G'.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Inson voyaga etib, kamol topishi uchun tarbiya va madaniyatni jamiyatda yurish turishni, o'zgalar bilan muomala qilishni, ilmni o'qituvchining berayotgan ta'limidan oladi. Ammo Ch.G'. maktab o'qituvchisi bo'la turib, qasddan jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasligi uning ulug' kasb egasi bo'lishiga, kasbiga dog' tushirishiga asos bo'lmadimikan?

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™