Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:38
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
Qiz pedikyur sabab oyoqlaridagi barmoqlaridan ayrildi (foto)
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Avstraliya fuqarosi Tailandda joylashgan bir kurortga tashrif buyurib, "baliqcha pedikyur” deb nomlangan ekzotik terapevtik usulni sinab ko'rdi va o'ng oyog'idagi barcha barmoqlarini yo'qotdi. Bu haqda “Metro” xabar bermoqda.

Bu hodisa 2010 yilda sodir bo'lgan edi. To'rt yil oldin, 2006 yilda esa avstraliyalik qiz allaqachon oyog'idagi bir barmog'ini yo'qotgandi. Bunga esa shisha sinig'ini bosib olganidan so'ng tanasiga tushgan infektsiya sabab bo'lgandi.

Tailandda u keng tarqalgan pardoz usulini sinab ko'rishga qaror qildi, bu jarayonda u oyoqlarini undagi o'lik terini eyib yuboradigan kichik baliqchalar bilan to'ldirilgan akvariumga tushirishi zarur edi. U shunday qildi ham. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, yangi infektsiyaning sababi akvariumdagi iflos suv bo'lgan. Avstraliyaning Pert shahriga qaytgach qiz o'zini yomon his qila boshlagan. Tekshiruvlardan so'ng qizga osteomielit tashxisi qo'yilgan.

2012 yili qizning o'ng oyog'ining bosh barmog'i amputatsiya qilingandi. Ammo infektsiya belgilari qaytib keldi va kelgusi besh yil mobaynida u yana to'rtta barmog'ini oldirib tashlashga majbur bo'ldi.

Eng so'nggi amputatsiyadan so'ng qiz Instagramdagi sahifasiga barmoqlaridan ajralgan oyog'ining rasmini joylashtirdi. Uning aytishicha, qiz shu yo'l bilan boshqa odamlarni ekzotik protseduralar xavfi haqida ogohlantirmoqchi ekan.


. WapUsta
14.09.2018 / 18:15
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 1
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: