Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:30
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Ikki yoshli go'dak 5 kun suvsiz va ovqatsiz tog'da qolib ketdi
MUHARRIR: WapUsta

15 MART, 05:05 / KO'RILDI: 18

Nikaraguaning shimoliy tog'larida besh kun ovqat va suvsiz yashay olgan ikki yoshli bolakay topildi.

Bu haqda The Mirror xabar bermoqda. Ikki yashar Entoni Yoxendri Montenegro Errerani qo'shnisi topib olgan. U ayolning uyidan 300 metr narida edi.

Shifokorlar uning zararli bakteriyalar bilan qoplanganligi, shu boisdan ham terisi biroz zarar ko'rganligini xabar qilishdi. Ammo shunga qaramasdan, bolakay butunlay sog'lom edi.

Bolaning otasi o'g'lini o'g'irlab, so'ng tog'larda qoldirib ketishganini ta'kidlamoqda.

Ayni paytda bola kasalxonaga yotqizilgan bo'lib, shifokorlar uni nazorat qilishmoqda.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!