Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 22:29
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
“Erni qanday o'ldirish kerak?” kitobining muallifini erini o'ldirganlikda gumon qilinmoqda (foto)
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Oregon shtatining fuqarosi 68 yoshli Nensi Krampton-Brofini qotillik hamda noqonuniy qurol ishlatishda ayblashmoqda, deya xabar berdi “lenta.ru”.

Uning turmush o'rtog'i, 63 yoshli marhum Deniel Brofining jasadi talabalar tomonidan Oregon shtatidagi institutlarning biridan topilgan.

Qotillikdan bir kun o'tib, mashhur detektiv asarlar hamda "Noto'g'ri ma'shuq", "Noto'g'ri turmush o'rtoq" va "Noto'g'ri politsiyachi" romanlari muallifi “Feysbuk”da erining o'limi haqida gapirdi.  Nensi turmush o'rtog'ini eng yaxshi do'sti deb atagan.


Bir necha oylik tergovdan keyin politsiya ayolni qamash uchun asoslar topdi. Shuningdek, saytlarning biridan 2011 yilda Nensi tomonidan yozilgan "Turmush o'rtog'imizni qanday o'ldirishimiz mumkin?" nomli qiziqarli maqola ham aniqlandi. Ushbu maqolada keksa yozuvchi erni o'ldirishga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan asoslarni aytib o'tadi. Ular orasida pul, ochko'zlik, yolg'on va uy ichidagi zo'ravonlik kabi sabablar mavjud. Bundan tashqari, yozuvchi qotillikni sodir etgandan so'ng jazodan qochish uchun “juda aqlli, rejali va shafqatsiz” bo'lish kerakligini ham ta'kidlagan.

. WapUsta
14.09.2018 / 16:50
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: