Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:51
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
«Nima berganimiz emas, qanday berganimiz ahamiyatli»
MUHARRIR: WapUsta

14 MART, 23:20 / KO'RILDI: 14

Inson Islom fitratida, ya'ni musulmon holatda dunyoga keladi. Tiynatda bor xususiyatlar quvvatlantirilmasa u yo'qolib boradi. O'ziga e'tibor bermay qo'ygan odamni tasavvur qiling... Deylik, kelishgan bir yigit. O'ziga qaramay qo'ysa nima ahvolga tushadi? Nihoyatda ko'rkam yigit yoki juda go'zal bir qiz bir oy o'ziga qaramasa, sochlarini yuvib-tarab, yuz-qo'lini yuvmasa, tirnoqlarini olib, ozoda yurmasa uning yoniga yaqinlashib bo'ladimi?

Yaralmishda, fitratida bo'lgan iymon ham parvarish, e'tibor va quvvatlantirilmasa, u qalbning bir burchagida chang-g'uborlar ichra nursizlanib boradi. E'tiborsizlik, insonni tiynatidan uzoqlashtiradi. Boshqa dinni qabul qilgan, ota-onasi qadrlamagan, yaqinlarining odob-axloq o'gitlarini puchga chiqarganlar ham osiy bo'lib tug'ilishmagan. E'tiborsizlik qurboni bo'lgan bunday yoshlar soni tobora ortib borayotganining sababini nimalarda, deb o'ylaysiz?

2005 yilda mediyada bir xabar juda ko'p tortishuvlarga sabab bo'ldi. Ya'ni, bir model qiz sevgan yigiti bilan turmush qurish uchun xristian dinini qabul qildi. Bir necha hafta davomida bu model bilan bog'liq xabarlar keng yoyildi. Bu xabar tarqalgan o'sha kecha ukam bilan yangiliklarni tomosha qilayotgan edik. Xabarni eshitib ham xafa bo'ldim, ham kuldim. Ukam, Bu ayol shundoq ham musulmon emasdi-ku! degan edi, tabassum bilan, Haqlisan! dedim.

Bolalar hamma narsani ota-onadan eshitib, ko'rib o'rganadi. Sizning hayotingizda din naqadar ahamiyatli bo'lsa, bolangiz uchun ham e'tiqod shu qadar muhim bo'ladi. Agar bolangiz va sizning e'tiqodingiz orasida farq katta bo'lsa, o'zingizni taftish qiling, qaerdadir xatoga yo'l qo'ygansiz!

Nima berganimiz emas, qanday berganimiz ahamiyatli. Dunyodagi eng lazzatli taomni kir idishda tortiq qilsak, hech kim emaydi. Yoshlarimizning Islom xulqidan, iymondan uzoqlashib borayotganining eng katta sababi ham aslida etkazish uslubimizning xatoligida, deb o'ylayman.

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!