LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:27
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Rossiyada yashovchi ayol O'zbekistondagi eng yirik brokerlik firmasining 20 foizini sotib oldi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 10:15 / KO'RILDI: 16

Rossiyada istiqomat qiluvchi Irina Ermolenko «Mulk-Sarmoya BU» AJ (sobiq «Vaqt»)ning 20 foizini sotib oldi. Bundan «Toshkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlari darak beryapti.

«KorpInfo» telegram-kanalida e'tibor qaratishlaricha, ushbu bitim bo'yicha aktsiyadorlik jamiyati bir aktsiyasining birja bahosi 512 so'mlik nominal qiymatda 514 so'mni tashkil etgan. Bitim bo'yicha aktsiyalar to'plami (401 785 dona) aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalidan 21,97%ni tashkil qiladi.

Birja bitimining umumiy qiymati 206,51 mln so'mga baholandi. Tranzaktsiya «Nego board» (blok-treyding) T1 birja maydonchasida o'tkazildi.

«Mulk-Sarmoya BU» AJ O'zbekistondagi eng yirik brokerlik firmasidir. Nazorat to'plami Davlat aktivlarini boshqarish markaziga tegishli.

Manba: kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!