Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:37
LoginA'zo bo'lish
Tezkor xabar! YaNA 1 MILLION DOZA KORONAVIRUSGA QARShI VAKTsINA OLIB KELINDI

 27 APREL, 14:55 86

.

Hozirgina Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o'zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining yana 1 million dozasi Xitoydan yurtimizga olib kelindi.

Vaktsinaning  1 million dozalik avvalgi partiyasi shu yilning 27 mart kuni keltirilgan edi.

Shu kungacha yurtimizdagi vaktsinatsiya jarayonlari uchun jami 1 660 ming doza vaktsina zaxirasidan foydalanilmoqda. Ayni paytgacha emlangan 565 ming nafardan ortiq aholining 46 foizi, ya'ni 263 ming nafardan ortig'i ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan.

 ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 65 yosh va undan katta yoshdagi emlanivchilar orasida 148 ming nafardan ortiqni, tibbiyot xodimlari orasida 114 ming nafardan ortiqni tashkil qilgan. 

Kecha, 26 aprel kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlangan fuqarolar soni 14 522 nafarni tashkil qilib, ushbu vaktsina bilan kunlik emlanish ko'rsatkichi 68 foizga etgani ham e'tiborga loyiq.

Eslatib o'tamiz, bundan avval yurtimizga “Sputnik V” vaktsinasining 2 ta patriyasi keltirilgan edi. Shuningdek, AstraZeneca vaktsinasining ham yangi patriyasini keltirish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™