Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:41
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Afg'onistonda qorilar musobaqasi paytida raketa hujumi yuz berdi

 27 APREL, 13:30 84

.

Afg'onistonning Qunor viloyatida o'tkazilayotgan qorilar musobaqasi paytida yuz bergan raketa hujumi oqibatida 16 kishi yaralandi.

Anadolu” agentligining xabar berishicha, musobaqa Ramazon oyi munosabati bilan Qunor viloyati voliyligi binosida tashkillashtirilgan edi. Voliy Iqbol Said 3 nafar tansoqchisi va 13 nafar qorining jarohat olganini ma'lum qildi.

“Bu hujumni uyutirganlar islom dushmanlaridir”, – dedi u. Hujumni hozircha hech bir guruh o'z zimmasiga olgani yo'q.

BMT ma'lumotiga ko'ra, Afg'onistonda 2021 yilning dastlabki choragida tinch aholi vakillaridan 573 nafari halok bo'ldi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan qurbonlar soni 29 foiz ko'p demakdir. O'limlarning 43,5 foiziga “Tolibon” harakati, 17 foiziga hukumat tomonidagi guruhlar, 5 foiziga IShID sababchi bo'lgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™