Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:01
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Japarov kazinolar ochilishiga ruxsat bermoqchi

 27 APREL, 13:15 99

.

Prezident Sadir Japarov 26 aprel kuni "Piramida" telekanaliga intervyu berib, jamiyatda qizg'in muhokama qilinayotgan savollarga javob bergan.

Suhbat chog'ida prezident Issiqko'lda kazino ochish to'g'risidagi Jo'qorg'u Kenesh deputatlari tomonidan qabul qilingan qonunni qo'llab-quvvatlashini aytgan. Bundan tashqari, u viloyat markazlari va Bishkekda kazinolar ochilishiga ruxsat berishni taklif qildi.

«Men prezident devoniga mamlakatning barcha burchaklarida, Bishkekda, shaharlar va viloyat markazlarida kazinolar ochish to'g'risida Jo'qorg'u Keneshga taklif kiritishni aytdim. Kazinolar 2015 yilgacha faoliyat yuritgan. Ilgari har bir qirg'izistonlik kazinoga kirib o'ynashi mumkin edi. Kichkina bolalar kechayu kunduz o'ynagan paytlari ham bo'lgan... Endi men Qirg'iziston fuqarolarining kazinolarga kirishiga yo'l qo'ymaydigan qonunni qabul qilishga chaqiraman. U faqat chet elliklar uchun ochiq bo'ladi»,  degan Japarov.

22 aprel kuni Jo'qorg'i Kengesning 68 deputati Issiqko'ldagi Tamchi aeroporti hududida kazino ochilishiga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qo'llab-quvvatlagan, 23 kishi qarshi ovoz bergan. Qirg'izistonda qimor o'ynash 2011 yilda Roza Otunbaeva davrida taqiqlangan edi. 2015 yilda bukmekerlar ham o'z ishini to'xtatgan edi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™