Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:28
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Rossiya vaktsinasining yana bir partiyasi O'zbekistonga olib kelindi

 27 APREL, 11:40 60

.

Avval xabar berganimizdek, “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasi mamlakatimizga etkazib berilgan edi. 

Bugun tunda O'zbekiston ushbu vaktsinaning navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi.

Eslatib o'tamiz, yurtimizda Rossiyaning  N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” ommaviy foydalanish uchun sertifikatlangan va tasdiqlangan. Uni sertifikatlash jarayoni ishlab chiqaruvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaktsina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlangandi.

Shuningdek, yaqin kunlarda mamlakatimizga o'zbek-xitoy ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaktsinalarining qo'shimcha dozalari etkazib berilishi kutilmoqda.

Mamlakatimizda vaktsinalarni barcha hududlarga teng taqsimlash tizimi joriy qilingan bo'lib, birinchi navbatda xavf ostida bo'lgan fuqarolar emlanmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™